Jizzaxda tadbirkorlar faoliyati bilan tanishuvlar jarayonida yangi BPTlar tashkil qilinmoqda
24.10.2022, 15:48

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Jizzax shahridagi yosh tadbirkor Shahboz Odilov rahbarlik qilayotgan “AZIYA OIL INDUSTRY” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan ham tanishishdi.
Yosh tadbirkor sa’y - harakatlari bilan ish boshlagan mazkur korxonaga Milliy bankning viloyat filialidan olingan 212 500 AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘iga Xitoydan texnologiyalar olib kelib o‘rnatilgan. Bugungi kunda har kuni 16 ming dona gazsiz qadoqlangan suv ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 8 nafar yoshlar doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan. Ayni paytda yangi liniyalarni ishga tushirish va yana 100 nafar kishini ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi loyiha tayyorlangan.
Tanishuv davomida yoshlarga partiyamizning Saylovoldi dasturidagi maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, yurtimizdagi islohotlar jarayoni haqida ma’lumot berildi. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
Tanishuv so‘ngida yosh tadbirkor Sh.Odilov yetakchiligida 8 nafar korxona xodimlaridan iborat yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shohruh O’razboyev,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring