Ehtiyojmand oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

24.10.2022, 15:52

Ehtiyojmand oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

O`zliDeP Jomboy tumani Kengashi hamda partiya deputati Nodir To‘rayev  tashabbusi bilan Quduqli mahallasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ushbu tibbiy ko‘rikda Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining oliy toifali tibbiyot xodimlari jalb qilindi.

Unda endokrinolog, travmatolog, nevropotolog, terapevt, kardiolog, 5 ta yo‘nalishlar bo‘yicha Quduqli mahalla fuqorolar yig‘inidagi "Temir daftar", "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari"ga kiritilganlar, nogironlar, doimiy nazoratida turgan surunkali kasallik bilan ruyxatda turuvchi 100 ga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

– Maqsad, chekka hududda yashayotgan aholi salomatligini yana bir bor nazoratdan o‘tkazish, ularning salomatligini mustahkamlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishdan iborat, – deydi Jomboy tumani tibbiyot birlashmasi malakali shifokori Mavluda Homidova – Qolaversa, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ‘ib etishdir.

Terapevt, kardiolog, LOR, pediatr, bolalar shifokorlari, akusher-ginekolog va boshqa yo‘nalishlar mutaxassislari barcha yo‘nalishlar yordamida o‘tkazilgan bepul tibbiy tekshiruvlarda aholiga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Zebi Yusupova,

O`zliDeP Jomboy tumani Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+