Deputat saylovchilarga hisobot berdi

24.10.2022, 16:11

Deputat saylovchilarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Bayram Iskenderov 5-sonli umumta’lim maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda deputat o‘z saylovchilariga  joriy yilning 9 oyi davomida olib borgan ishlari bo‘yicha hisobot berib o‘tdi.

Bundan tashqari mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan ishlar,  tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlar, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31 avgust kuni qabul kilingan farmonining ahamiyati, 6 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalarning  ahamiyatini o‘z saylovchilariga tushuntirib o‘tdi. 

Joriy yilning 11 oktabr kuni davlatimiz rahbari raisligida  mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada kengaytirish, mahallalarni obod qilish yuzasidan joriy yilning 20 oktabr sanasidan 1 dekabrgacha "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida qilinayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi va ushbu jarayonga aholi turg‘unlari ham faol ishtirok etishga da’vat qilindi.

Uchrashuv davomida sayyor qabul ham tashkil kilinib, aholini qiynab kelayotgan murojaatlar tinglandi.   

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+