“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi

24.10.2022, 16:18

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.

Unga ko‘ra, yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. 

O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi, tuman partiya  Faxriylar Kengashi a’zolari, deputatlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy harakat doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda faollar manzarali va mevali daraxtlar, gul ko‘chatlari  ekib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.

Partiya jamoasi ko‘kalamzorlashtirish, daraxtlarni muhofaza qilish,  yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan. Jumladan, tuman hududida manzarali daraxt va buta ko‘chatlari bilan boyitish ham rejalashtirilgan. 

 Akmal Mirzoyev,

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining

 birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+