Deputat mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

24.10.2022, 16:20

Deputat mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Deputat xalq vakili, xalq namoyondasi. Xalq va saylovchilar manfaatini ko‘zlaydigan, haqiqatan ham xalq dardi bilan yashaydigan inson. Zotan, deputat har doim xalq bilan bo‘lishi, hamnafas faoliyat yuritishi lozim.

 Jomboy tumani 25-Nurafshon saylov okrugidan tuman deputatligiga saylangan Nodir To‘rayev Quduqli mahallasida sayyor qabul tashkil qildi.

Sayyor qabulda saylovchilar hududdagi mavjud kamchiliklar – ichimlik suvi, tomorqa uchun suv ta’minoti, ichki yullar, gaz, elektr energiyasi, sel to‘sish uchun damba qurish singari masalalarda o‘z fikrlarini asosli bayon etishdi.

Sayyor qabulda aholi tomonidan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 5 ta murojaat mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan joyida hal etildi.

Tadbir davomida deputat hamda mas’ullar ishtirokida murojaatlar yuzasidan joylarga chiqib, mavjud muammolar o‘rganilishi belgilanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqariladigan bo‘ldi.

Nasiba Mo‘minova,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+