Deputatlar Urganch shahridagi investitsiya loyihalar bilan tanishdi

24.10.2022, 16:24

Deputatlar Urganch shahridagi investitsiya loyihalar bilan  tanishdi

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh a’zolari  mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish borasida Urganch shahrida amalga oshirilayotgan qator loyihalar bilan tanishdilar.

Xususan, ishchi guruh a’zolari “Khorezm Insulation Group" MChJ, "Urgench Cluster Group" MChJ, "UzXCMG" MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Xorijiy investitsiya asosida moliyalashtirilgan loyihalar bilan tanishish jarayonida loyiha tashabbuskorlarining muammolarini, ishchilarga yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori va sifati, ulardan qancha foizi mahalliylashtirilganligi, ularning qaysi davlatlarga eksport qilinishi, yaratilgan ishchi o‘rinlarini o‘rgandilar. O’rganish jarayonida loyiha tashabbuskorlari tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni ishchi guruh a’zolari o‘z nazoratiga olib, doimiy aloqada bo‘lib turishlarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    250
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+