“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

24.10.2022, 16:47

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Toshkent davlat transport universtitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Erkin Zaxidov, Gulshana Xudoyorova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Siyosiy ta’lim markazi” rahbari Nasimjon Alimov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi faollari, tuman deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad – partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz.

Yoshlar bizning kelajagimiz deb bejiz aytilmagan. Yoshlarga e’tibor- Kelajakka e’tibordir. Xozirgi kunda Yangi O’zbekistonni barpo etmoqchi ekanmiz, yoshlarni xar tamonlama qo‘llab-quvvatlash, barkamol etib yetishishlari uchun harakat kilinyapdi. Yoshlarni siyosiy, huquqiy, ma’naviy iktisodiy bilimlarini oshirish maqsadga muvoffiqdir.

Tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

  • Ko'rildi
    231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+