Monomarkazda kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar va ayollar bilan suhbatlashildi

24.10.2022, 16:50

Monomarkazda kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar va ayollar bilan suhbatlashildi

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan Monomarkazda kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar va ayollar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

- Monomarkazimizda 28 ta yo‘nalishda kasbga tayyorlash, xorijiy tillar, raqamli texnologiyalar va tadbirkorlikni o‘rgatish kurslari tashkil etilgan, - deydi Monomarkaz Namangan shahar filiali direktori o‘rinbosari Murodjon Jabborov. – Har yili servis va xizmat ko‘rsatish, texnik, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalarni va xorijiy tilni o‘rgatish kabi yo‘nalishlarda 400 nafarga yaqin yoshlar o‘qitilmoqda. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan yuborilgan shaxslar uchun o‘quv mashg‘ulotlari bepul tashkil etilayapti.

Bugungi kunda “Ishga marhamat Monomarkazi” tikuvchi-dizayner yo‘nalishida taxsil olayotgan 276 nafar yoshlar partiya faollari bilan kasb-hunarga yo‘naltirish, malakalarini oshirish, kasb-mahoratlarini takomillashtirish, tadbirkorlikda erishish mumkin bo‘lgan “muvoffaqiyat sirlari” haqida dildan suhbatlashishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bevosita tikuvchilik jarayonlari bilan tanishib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    576
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+