Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida hal qildi

25.10.2022, 16:33

Deputat fuqarolar murojaatlarini joyida hal qildi

Yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat. Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Pastdarg‘om tumanidagi “Qo‘shchinor” mahallasida xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qosim Qarshiyev tumandagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolar va tadbirkorlar ishtirok etib, ularning 14 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 6 nafar fuqaroning murojaati tadbir davomida joyida hal etildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolarning dardu tashvishlari eshitildi, vaqt, o‘rganish talab etiladigan masalalar ijrosi bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    223
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+