Jizzaxlik deputatlar va partiya faollari ko‘chat ekish jarayonida alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda

27.10.2022, 15:11

Jizzaxlik deputatlar va partiya faollari ko‘chat ekish jarayonida alohida jonbozlik ko‘rsatmoqda

Xabaringiz bor, joriy yil 11 oktabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida bu yil yakunigacha mamlakatimizda 75 million dona, kelgusi yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasini qo‘ygan va  o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha «dolzarb 40 kunlik»ni e’lon qilgan edi.

Ayni paytda ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatida  ham “dolzarb 40 kunlik” doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari qizg‘in boshlab yuborildi. E’tiborli tomoni, ushbu jarayonlarda mahalliy Kengashlardagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari ham alohida jonbozlik ko‘rsatmoqdalar.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Erkin Xolmatov boshchiligidagi bir guruh deputatlar hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari Zomin tumanida davom etayotgan ko‘chat ekish jarayonida ishtirok etdilar.

Partiyadoshlarimiz, mahalliy hokimlik vakillari hamda mahalla faollari sa’y-harakatlari bilan tumandagi “Yoshlik” MFY hududida 100 donadan ortiq  mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    139
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+