Deputat sa’y - harakati bilan ko‘cha asfaltlanmoqda

27.10.2022, 15:13

Deputat sa’y - harakati bilan ko‘cha asfaltlanmoqda

Yurtimizda sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilgan islohotlarning samaradorligi mutasaddi rahbarlarning, jamaotchilik vakillarining,  shuningdek, deputatlarning faolligiga, o‘z zimmalaridagi mas’uliyatni sidqidildan his qilib faoliyat yuritishlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashida 9 nafar O`zLiDeP  deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib boradi. Ularning aksariyati, o‘z saylovoldi dasturlariga kiritilgan vazifalarni hayotga joriy qilish borasida astoyidil jonbozlik ko‘rsatayotgan xalq noiblaridan.

Ayni paytda faol deputatlardan biri –  Ulug‘bek Bekmuradov sa’y -harakati bilan Balandchaqir MFY hududidagi  490 metrlik Qo‘rg‘oncha ko‘chasi   asfalt qilinmoqda.

Yillar davomida qishning qor-yomg‘irli kunlarida ko‘pchilikni  qiynab kelayotgan tashvishlardan nihoyat xoli bo‘lgan qishloq ahli faol deputatga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirishmoqda.

Sodiq Boboyev,

O`zLiDeP  Yangiobod tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+