Targ‘ibot natijasida 50 nafar ishchi xodim partiya safiga qo‘shildi
27.10.2022, 15:25

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyat Sanitariya epidemologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida partiya g‘oyalari targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O`zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jahongir Xo‘jamqulov ishtirok etdi va yig‘ilganlarga partiyaning asosiy g‘oyalari va maqsadlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va Qonunchilikda sohaga oid yangiliklar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek ushbu yig‘ilishda Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot Strategiyasida belgilab berilgan vazifalar haqida fikr-mulohazalar yuritildi.
Tadbirda siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 50 nafardan ortiq ishchi xodimlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.
Nasiba Mo‘minova,
O`zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring