Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

28.10.2022, 17:25

Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shu yil 28 oktyabrda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida    Xitoy Xalq Respublikasining  O’zbekistondagi elchixonasi siyosiy bo‘limi mudiri Su Ley va  elchixona attashesi, Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi Syu Sinkay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida mehmonlar O’zLiDePning ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarga asoslangan O’zbekiston-Xitoy  hamkorligiga doir qarashlari borasida aniq-ravshan tasavvurga ega bo‘ldilar. Shuningdek, vakillarga O’zLiDePning bugungi kundagi faoliyati, partiya saylovoldi dasturining amalga oshirilishi hamda O’zLiDeP bilan Xitoy kommunistik partiyasi o‘rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot berildi. O’z navbatida, elchixona vakillari siyosiy partiyalar, jumladan, O’zbekistondagi siyosiy partiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish  ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Uchrashuv nihoyasida vakillar O’zLiDeP bilan hamkorlik davom etishiga   ishonch bildirdilar.

Uchrashuv  konstruktiv muloqot tarzida o‘tdi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    407
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+