Deputatlik eshituvi: Mahallalarda tashkil qilingan xotin-qizlar faollari faoliyati tahlil qilindi

28.10.2022, 15:07

Deputatlik eshituvi: Mahallalarda tashkil qilingan xotin-qizlar faollari faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.     Yig‘ilish kun tartibida tumanda xotin-qizlarga taziq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taminlash bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Adolat Yuldashevaning  hisobati tinglandi.     

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy qilingan yangi lavozimda tumanda 37 ta mahalla xotin-qizlar faollari faoliyat olib bormoqda. Mahalla xotin-qizlar faollari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ish tashkil qilgan.

Jumladan, shu kungacha 3-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2785 nafar xotin-qizlarning 2720 nafariga yordamlar ko‘rsatilib, shundan:  ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 1097 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 1097 nafarining bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 420 nafar xotin-qizlarning 369 nafariga kredit mablag‘lari ajratildi. Boquvchisi bo‘lmagan 381 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 379 nafariga “Ayollar jamg‘armasi” tomonidan BHMning 4 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.

Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan hamkorlikda shu kungacha 2667 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 644 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga qayta o‘qitildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muntazam ravishda ish olib borilmoqda. Shu kungacha 109 nafar oila yarashtirildi.

Shu kungacha 4102 nafar xotin-qizlar onkonazorat ko‘rigidan, 3197 nafar xotin-qizlar skrining ko‘rigidan o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida deputatlik guruhi vakillari tuman xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taminlash bo‘yicha joriy yilning 9 oyi davomida olib borgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglar ekan,  qilingan ishlarni tahlil qilib, bo‘lim tomonidan joriy yil yakuniga  qadar  qilinishi  kerak  bo‘lgan ishlar bo‘yicha o‘zlarining fikr va takliflarini ham bildirib o‘tishdi. 

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati 

  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+