Tashabbuskor va yetakchi tadbirkor O’zLiDeP safida

28.10.2022, 15:10

Tashabbuskor va yetakchi tadbirkor O’zLiDeP safida

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, partiyaning Navoiy viloyati Kengashi hamda Qiziltepa tumani Kengashi vakillari tumandagi “Golden meva-sabzavot klaster” MChJ faoliyati bilan tanishdilar.

Ma’lumki, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi asosida qabul qilingan 2022 yil Davlat dasturida suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

 “Golden meva-sabzavot klaster” MChJ o‘z faoliyatini boshlash uchun tuman markazidan 45 km uzoqlikdagi olis cho‘l hududidan 1187 gektar yer maydoni ajratilgan.

Korxona rahbari I.Sharipov tomonidan bugungi kunda 500 gektar yer maqdonida zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan holda eksportbop nok va shaftoli ko‘chatlari ekilgan.

2022 yilda yana 600 gektar bog‘ barpo etilib, unda o‘rik, olma, shaftoli ko‘chatlari, 100 gektar maydonda sabzavot hamda poliz ekanlari ekilib, 3 ming tonnalik muzlatkichli ombor qurish ko‘zda tutilmoqda.

I.Sharipov mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanib, oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatlari uchun 2022 yilda Prezidentimiz tomonidan “Shuxrat” medaliga loyiq deb topildi.

Tadbirda “Golden meva-sabzavot klaster” MChJ rahbari va barcha xodimlari partiya safiga qabul qilinib, korxonada boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+