Ishchi guruh: Partiya hududiy kengashlar va deputatlik guruhi faoliyatlari o‘rganilmoqda

28.10.2022, 15:14

Ishchi guruh: Partiya hududiy kengashlar va deputatlik guruhi faoliyatlari o‘rganilmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Akrom Jo‘rayev va partiya Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari partiya quyi bo‘g‘inlari faollarini o‘rni va rolini yanada oshirish, tuman-shahar Kengashlaridagi partiya faoliyatini jonlantirish, Boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash tizimini yaxshilash, partiya a’zolari sonini ko‘paytirish maqsadida joylarga chiqib, o‘rganishlar olib bormoqda.

Ishchi guruh vakillari Bulung‘ur tumani va Kataqo‘rg‘on shahrida bo‘lishdi. Partiya Kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va Kengash faoliyatni yaqindan o‘rganishdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Shuningdek, mazkur hududlardagi partiya Kengash a’zolari, xalq deputatlari partiya viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida faoliyatlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishlarda viloyat partiya Kengashi ham mahalliy vakillik organlaridagi partiya deputatlik guruhlari va quyi tuzilmalar hamkorligida joylarda aholining keng qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, xususan, aholining siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, murojaatlarni o‘rganish tizimini yanada yaxshilashga doir o‘z ko‘rsatma va tavsiyalarini berishdi.

Deputatlik guruhi ishini yanada jonlantirish, deputatlik eshituvlari samaradorligini oshirish, hududda partiya tashkiloti imidjini shakllantirish borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdi.

Nodir To‘rayev, 

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    133
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+