Tibbiyot xodimlari partiya a’zosi bo‘ldi

28.10.2022, 15:16

Tibbiyot xodimlari partiya a’zosi bo‘ldi

Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar qoshidagi partiya quyi bo‘g‘inida davra suhbati tashkil qilindi. Unda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining yangi binosida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda O`zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan  ishlash bo‘limi mudiri Jahongir Xo‘jamqulov Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilangan vazifalar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda yangi 106 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinika, mingta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi. Bu orqali 3,5 million aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj balansi ishlab chiqildi. “Tibbiyot brigadalari”ga qo‘shimcha 3 ming 600 ta pediatriya hamshirasi va doya shtatlari ajratildi.

Shuningdek, tadbirda shifokorlar tomonidan tibbiyot xodimlari oyligi 30 foizgacha oshirilganligi, shifokorlarga ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish va ustama to‘lovlari joriy etilganligi alohida e’tirof etildi.

Targ‘ibot tadbir yakunida bir guruh shifokor va hamshiralar partiya safiga o‘tish istagini bildirishdi.

Nasiba Mo‘minova,

O`zLiDeP  Samarqand viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    241
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+