Deputat va saylovchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

28.10.2022, 15:57

Deputat va saylovchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

36- saylov okurugidan saylangan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Erkin Xolmatovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Zomin tumanidagi mazkur saylov okrugi hududida 6 ta mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan.

Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan uchrashuvda mazkur mahallalar raislari, mutasaddi tashkilot vakillari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari hamda partiya faollari ishtirok etishdi. Asosiy e’tibor, hududda yechimini kutayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.   

Aholini tashvishga solayotgan dolzarb muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, kelayotgan qor qirovli kunlarda aholini uzluksiz suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari alohida o‘rganib chiqildi. Mavjud muammolar shu yerning o‘zida hal qilindi. Jumladan, “Yoshlik” MFY, Ilg‘or ko‘chasida 1 kilometrlik elektr tarmog‘i tortiladigan bo‘ldi.

Aholi tomonidan qilingan boshqa murojaatlar ham mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda joyida o‘rganib chiqildi.

Shuningdek, barcha mahallalarda daraxt ekish bo‘yicha e’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik” doirasida ko‘chat ekish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, ekilgan ko‘chatlarning sug‘orish tizimi va parvarishini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi. Ko‘chat ekish ishlarini, obodonchilik jarayoni bilan uyg‘un holda olib borish borasidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv davomida qilingan barcha murojaatlar, aytilgan fikr-mulohaza va takliflar atroflicha o‘rganib chiqilgach, ijrosini ta’minlash deputat nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

Zayniddin Eshqulov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+