Deputatlar o‘z saylov okruglaridagi 150 nafar fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatdi

28.10.2022, 15:59

Deputatlar o‘z saylov okruglaridagi 150 nafar fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatdi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayni shu maqsadda 2022 yil 25 iyulda Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmon bilan  aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish belgilab berildi.

Zero, ko‘makka muhtoj insonlarga yordam berish insonga xos ezgu fazilatlardan biridir. O’zLiDeP saylovoldi dasturida ham ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Bu borada Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan ham o‘z saylov okruglarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, uzoq yillardan buyon bemorlar va keksalarga muntazam ravishda ko‘mak berib kelinmoqda. Kuni kecha deputatlar tomonidan saylov okruglari hududidagi 150 nafar fuqarolarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi. 

Ko‘rsatilayotgan bu kabi beminnat xizmatlar zamirida yagona maqsad- xalq farovonligi va fuqarolar manfaatlari yotadi.

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+