Yangihayot tumanida xizmatlar sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi
28.10.2022, 16:02

Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni partiya deputatlik guruhi rahbari Hasanjon Dadabayev ochib berdi va olib bordi.
Yig‘ilishda Yangihayot tumanida 2022 yilning o‘tgan 9 oy davomida xizmatlar sohasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yangihayot tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari X.Tashpulatov hisoboti eshitildi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, Yangihayot tumanida 160 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 392 ta savdo, 62 ta umumiy ovqatlanish, 241 ta maishiy xizmat, 4 ta bank-moliya xizmatlari, 21 ta nodavlat o‘quv markazlari, 59 ta sog‘liqni saqlash xizmatlari va 125 ta boshqa sohadagi xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Tumanda jami ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 2669 tani tashkil qilib, shuning 1715 tasini, ya’ni 64.2 foizini xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar tashkil qiladi. Hozirgi kunda shundan 1640 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil boshiga nisbatan xizmatlar sohasida korxonalar soni 323 taga ko‘payib, ular hisobiga yangidan 570 ta ish o‘rinlari yaratildi. Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida yuqori ulushni savdo faoliyati 45.4 foizni, yashash va ovqatlanish xizmat 7.7 foizni tashkil etadi.
2022 yilning 1 oktabr holatiga tumanda jami 392 ta korxonalar yangidan tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shundan, 323 tasi, ya’ni 82.4 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi. Tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan o‘tgan 2022 yilning 9 oyi davomida aholiga 2 trln 504 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 122,7 foizga teng bo‘lib, aholi jon boshiga ko‘rsatilgan jami xizmatlar 16 mln 160 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi. 2022 yil davomida tumanda xizmatlar sohasida 32432 ta ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan. Shundan 9 oy davomida 14335 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lib, amalda 14461 ta ish o‘rni yaratildi.
Yangihayot tumanida ham e’tiborga loyiq ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. Barpo etilgan zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish infratuzilmalari, ijtimoiy soha ob’ektlari-bu yangi maktablar, sog‘liqni saqlash va sport maskanlari bo‘ladimi ularni ko‘rganda, bu tuman yanada go‘zal va obod bo‘lib borayotganiga ishonch hosil qilamiz. Bugungi kunda respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish dolzarb masala hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda partiya deputatlik guruhlari oldiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring