“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi hamkorlik mamlakatimizni taraqqiyot sari yetaklaydi

28.10.2022, 16:05

“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi hamkorlik mamlakatimizni taraqqiyot sari yetaklaydi

Bugun dunyo qalqib turibdi. Global iqtisodiy inqiroz, global isish, suv resurslari tanqisligi, mintaqaviy kelishmoqchiliklar va turli ommaviy kasalliklarning tarqalishi kabi  salbiy holatlar dunyo olimlari va ekspertlarini tashvishga solmoqda. Ana shunday og‘ir va tahlikali zamonda mamlakatlar o‘rtasida hududlararo aloqani kengaytirish, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy gumanitar almashinuvni faollashtirishning ahamiyati nihoyatda beqiyos.

Shu ma’noda Ostona shahrida  “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi delegatsiyalar rahbarlari majlisining o‘tkazilishi mintaqamizda savdo-iqtisodiy va gumanitaor aloqalar barqarorligini yuksaltirishga katta yo‘l ochadi. Albatta, bu yirik anjumanda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qatnashdi va nutq so‘zladi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida mintaqamizning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligini izchil chuqurlashtirishga chaqirar ekan, qator ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi. Eng avvalo, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir kompleks masalalarni hal etish muhimligini aytdi. Ammo bugun mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini Yevropaning yuqori standartlari va texnik reglamentlariga muvofiqlashtirish zarurligini bildirdi.

Bundan tashqari hozirgi ba’zi cheklovlarni inobatga olgan holda  YeI bozorlariga chiqish uchun samarali transport-logistika koridorlarini yaratish, eng avvalo, Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Qolaversa,evropalik iste’molchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlarining tanilishi va xaridorgir bo‘lishi uchun qo‘shma marketing tadqiqotlari hamda maqsadli tadbir va aksiyalar o‘tkazishning ahamiyati katta. Chunki Yevropaning investitsiyalari va texnologiyalariga bo‘lgan katta ehtiyojni qondirish oson ish emas.

Davlatimiz rahbari ushbu masalalarni tizimli ravishda hal qilish uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etish hamda “Global Gateway” tashabbusining maqsad va vazifalarini qamrab olgan holda Savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqlikni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik dastur ishlab chiqishni taklifini o‘rtaga tashladi.

Prezidentimiz o‘z nutqida O’zbekiston “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqot tarafdori ekanligini ta’kidlab, bu boradagi siyosiy muloqot va amaliy sa’y-harakatlarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi.

Dilbar Usmonova,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+