«Ruxshana Teks»da boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

31.10.2022, 12:12

«Ruxshana Teks»da boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Baratova, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari N.Alimov, O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari B.Ochilov va partiya faollari Shoira Bo‘ldiyeva rahbarlik qilayotgan «Ruxshana Teks» oilaviy korxonasida bo‘lib, ularning ish faoliyati hamda mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar, siyosiy-ma’rifiy mavzuda suhbatlar o‘tkazdilar.

Bugungi kunda to‘qimachilik va tikuvchilikka ixtisoslashgan, ayni paytda to‘quv, tikuv, ip yigiruv va bo‘yash singari bir qator ishlab chiqarish yo‘nalishlariga ega bo‘lgan eksportyor ushbu ishlab chiqarish sub’ektida jami 80 nafardan ortiq kishining bandligi ta’minlangan.

O’tkazilgan yuzma-yuz muloqotda erishilgan yutuqlar bilan birga kelgusidagi reja-vazifalar xususida ham so‘z bordi.

Korxonaning 11 nafar ishchi-xodimlari partiya safiga kirish istagini bildirishdi va 2017 yildan O’zLiDeP safiga qo‘shilgan korxona rahbari Shoira Bo‘ldiyeva boshchiligida boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

Korxona rahbari barcha partiya faollari qatori o‘z tadbirkorlik faoliyatini O’zLiDeP bilan hamnafas va hamqadam tarzda olib borishini, o‘z korxonasida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari safi yanada kengayishini, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishga munosib hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Boshqa tadbirkorlik sub’ektlari va boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham xuddi shunday uchrashuvlar davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+