Dolzarb 40 kunlik: Umumxalq harakatida jizzaxlik maslakdoshlarimiz ham faol ishtirok etmoqda

31.10.2022, 15:55

Dolzarb 40 kunlik: Umumxalq harakatida jizzaxlik maslakdoshlarimiz ham faol ishtirok etmoqda

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax viloyatida  ham daraxt ekish bo‘yicha e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahalla, muassasa va tashkilotlarda, ta’lim dargohlarida, ko‘cha va xiyobonlarda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

E’tiborli tomoni, umumxalq harakatida maslakdoshlarimiz ham faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari Jizzax shahri, Amir Temur MFY hududida 100 nafar mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

G’allaorol tumanida ham faol deputatlarimizdan biri Fazliddin Akmirzayev va va tumandagi 1 – son kasb-hunar maktabida tashkil etilgan BPT raisi Elmurod Abdug‘aniyevlar boshchiligida “Lalmikor” MFY hududida bugungi kungacha 1000 tup mevali va manzarali daraxt nihollari qadaldi.

- Xalq deputatlari tuman Kengashida 9 nafar deputatlarimiz faoliyat olib bormoqda, - deydi partiya tuman Kengashi apparat rahbari Jamshid Mamarasulov. – Ular tumanimiz hududida rejalashtirilgan 435 dona ko‘chat ekish jarayoniga bosh-qosh bo‘lmoqdalar. Bugungacha 94 mingdan ortiq nihollar ekilib, ularni sug‘orish va parvarishlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mutasaddilar bilan birgalikda, deputatlarning ham alohida nazoratiga olingan.

Umumxalq harakatiga aylangan jarayonda viloyat partiya Kengashi qoshidagi quyi bo‘g‘in faollari ham chetda turishgani yo‘q. Misol uchun, Do‘stlik tumanidagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi qoshida tashkil etilgan va tajribali maslakdoshimiz Baxtiyor Jabborov yetakchilik qilayotgan quyi bo‘g‘in faollari sa’y -harakati bilan bo‘sh turgan hududlarga shu kungacha 100 dona terak va tol qalamchalari qadalib, 50 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    257
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+