Tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi

31.10.2022, 15:56

Tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi

O`zLiDeP Koson tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi tomonidan  Koson tumani Nartichuqur mahallasida faoliyat olib borayotgan “Xurshida Sevinch Madina” oilaviy korxonasi faoliyati o‘rganildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Gulshana Xudoyorova ham tadbirkor bilan suhbatlashib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ishbilarmonligini oshirish”  dasturi ijrosi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

-Oilaviy korxonamizda 14 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan, - deydi tadbirkor Lobar Rajabova. - Ularning aksariyati hayotda qiynalib qolgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir sharoitda yashayotgan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollardir. Biz tayyorlayotgan turli pishiriqlar va qandolat mahsulotlari tuman savdo do‘konlariga chiqarilmoqda. Oilaviy tadbir va to‘ylar uchun ham maxsus buyurtmalarni bajaramiz. Xotin-qizlarga tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish borasida master klass ham o‘tkazilib turibdi. 

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+