Deputatlik eshituvi: aholini elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati muhokama qilindi

31.10.2022, 16:01

Deputatlik eshituvi: aholini elektr energiya va tabiiy gaz bilan ta’minlanish holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ikkita masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, Samarqand shaharda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanish holati yuzasidan soha mas’ullarining hisobotlari eshitildi.

Dastlab, yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “Samarqand shahar gaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i R.Omonovning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, 2022 yilda Samarqand shahrida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha jami qiymati 103,7 mln. dollar bo‘lgan, shundan 68,0 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan tashkil etgan 10 ta loyiha shakllantirilgan. “Samarqandshahargaz”  GTB tomonidan kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish hamda aholi va ulgurji ist’molchilarni tabiiy gaz ta’minotini bir me’yorda gaz bosimi bilan ta’minlash maqsadida avariya holatlari oldini olish uchun shahar bo‘ylab 3 ta maxsus avtomashinalar, 10 komplekt “Avtogen” payvadlash apparatlari va 10 ta payvandlash brigadasi tashkil qilinib, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida muhandis va texnik xodimlardan iborat navbatchillik tashkil etilgan.

Samarkand shahar hududida jami 8 ta mahalla hozirgi kunda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanib kelmokda. Shuningdek, “Kavola”, “Bogi safed”, “Birdamlik”, “Yangi hayot” va “Shirin” MFYlarda tabiiy gaz bilan ta’minlashda bugungi kunda texnik imkoniyat yo‘qligi sababli jami 3062 ta xonadan imtiyozli narxda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i A.Norqobilovning ham hisoboti tinglandi.

Samarqand shahrida 2022 yil boshidan elektr ta’minotini yaxshilash, aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, shahar iste’molchilariga yagona energo tizimdagi 28 ta nimstansiyadan, 2 246 km. masofadagi elektr uzatish tarmoqlari, 1 021 dona transformator punktlari orqali elektr energiya yetkazib berish hajmi iste’molga mutanosib ravishda 1119.7 mln. kV/s.ga yetkazilishi rejalashtirildi. Samarqand shahridagi 152 072 ta aholi va 12 064 ta ulgurji iste’molchilar to‘liq zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.

Yig‘ilishda deputatlar har ikkita masala bo‘yicha o‘z takliflari va fikrlarini bayon qilishdi. Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+