Deputatlar hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi
31.10.2022, 16:09

Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Ro‘zmetov, Botirbek To‘razodalar Urganch shahrida bo‘lib, viloyatdagi Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlarining joriy yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni o‘rganish maqsadida “Xududgazta’minot” AJning viloyat filali va “Ko‘mir ta’minot” MChJ viloyat filiallarida bo‘ldilar.
Korxona mas’ullari bilan olib borilgan muloqotlar davomida qilingan ishlar bo‘yicha xalq noyiblariga ma’lumotlar berildi.
Bugungi kunga qadar rejadagi 18,4 km gaz quvurlarini rekanstruksiya qilish va yangidan qurish ishlari to‘liq amalga oshirilgan. Tabiiy gaz iste’molchilarini gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 26 ta gaz sozlagichlarini mukammal ta’mirlash ishlari ham to‘liq bajarilgan. Viloyatdagi 8000 ta gaz taqsimlash qurilmalarini taftish qilish ishlari ham to‘laligicha amalga oshirilgan.
Viloyat bo‘yicha 108 000 tonna ko‘mir yetkazib berish reja qilingan bo‘lsa, shu kunga qadar 28925 tonna ko‘mir ijtimoiy soha muassasalariga to‘liq reja asosida yetkazib berilgan. Qolgan ko‘mir zahirasi ham oyma oy yetkazib berilmoqda.
Shuningdek deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xo‘jaliklarini gaz tarmog‘idan uzish bo‘yicha kelib chiqqan noroziliklarni o‘rganish bo‘yicha ham deputatlar viloyat hokimligida tegishli mutasaddilar bilan muloqotlar olib bordilar.
Xalq vakillarining o‘rganishlari, saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Qudrat Bekmetov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
Iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotga xizmat qiladi
10.11.2023, 15:58
-
Oziq-ovqat xavfsizligi va aholi bandligini ta’minlash masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi
07.11.2023, 14:49
-
Prezidentimiz Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
06.11.2023, 10:35
-
Guliston shahrida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oziq-ovqat xavfsizligi borasida amalga oshirilgan ishlarning holati qay darajada
06.11.2023, 10:01
-
Tuman mutasaddi rahbarlari o‘tgan yilgi anomal sovuqdan tegishli saboq chiqarishgan
02.11.2023, 17:11
Fikringizni qoldiring