"Yashil makon" umummilliy loyihasi yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoymoqda
01.11.2022, 16:34

Mamlakatimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha Taxiyatosh tumanida ham davom etib, atroflar obodonlashtirilib, minglab daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Tumanda "Yoshlar bog‘i", "Onalar bog‘i" mahallalarda yashil makonlar barpo etilmoqda.
Taxiyatosh tumani "Naymanko‘l" OFYda mazkur dolzarb ishlarni amalga oshirish, dehqonu-fermerlarga, tomorqachilarga tavsiyalar berish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tumanda bo‘ldi.
A. Xaitov Taxiyatosh tuman hokimi I.Matkarimov va tegishli mutasaddilar, mahallalardagi hokim yordamchilari bilan uchrashdi.
Partiya yetakchisi "Keneges" OFY hududida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash, tomorqa ekinlarining parvarishi va undan daromad topishning yo‘llari haqida tushunchalar berildi.
Ayniqsa, mazkur hududda joylashgan "Jahongir Durdiboyev" fermer xo‘jaligi rahbari Durdiboyev Aral aka tomonidan kuzda pishadigan, qalin po‘choqli, danagi kam bo‘lgan, xalq tilida "Almurt Tarvuz" deb nomlanadigan, nok shaklidagi tarvuz yetishtirib kelayotgani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bundan tashqari partiya yetakchisi A.Xaitov tumanda yangidan tashkil etilgan "Dala do‘koni" ga tashrif buyurdi. Uchrashuvda dala dukoni egasining tomorqasida yetishtirgan poliz mahsulotlari aholiga arzon narxda sotilayotganligi guvohi bo‘ldi. Bundan tashqari aholi tomorqalarida 2-3 martagacha hosil olib, o‘z daromadlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.
“Naymanko‘l” OFY hududida joylashgan “Alisher” fermer xo‘jaligida ham fermer xo‘jaliklari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushrashuvda "dolzarb 40 kunlik" loyihasi doirasida dala chetida tut va uzum ko‘chati ekish bo‘yicha fermer xo‘jaligi rahbarlariga tavsiya va maslahatlar berildi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot tarafdorimiz
27.09.2023, 17:00
-
Xalqaro tashabbuslar dunyo e’tibori markazida
21.09.2023, 09:46
-
Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi
21.09.2023, 09:41
-
Hududiy investitsiya loyihalarni jalb qilish borasidagi ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
20.09.2023, 17:46
-
“O’zbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyati keng aholi vakillari orasida targ‘ibot qilinmoqda
15.09.2023, 18:46
Fikringizni qoldiring