Namanganlik talaba yoshlar va yoshlar yetakchilari bilan muloqot tashkil qilindi

01.11.2022, 16:36

Namanganlik talaba yoshlar va yoshlar yetakchilari bilan muloqot tashkil qilindi

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi hamda Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi xamkorligida oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, partiya a’zoligiga va "Yangi avlod kadrlari" zaxirasiga qabul qilingan iste’dodli talabalar, viloyatdagi maktab va texnikumlarda faoliyat olib borayotgan Yoshlar yetakchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, “Yangi avlod kadrlari” loyihasi va partiya dasturiy vazifalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib belgilangan vazifalar, maqsadlar, xususan yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, 3-4-bosqichlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘qib, ham ishlashlari uchun  yaratilgan imkoniyat va  imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.

Davra suhbatida yoshlar vakillari ham o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol ishtirok etishdi. 20 nafardan ortiq talaba esa partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    284
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+