BPT faollari “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etmoqda
01.11.2022, 16:39

Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoyib borayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Urgut tumanida 812 ming 500 dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha doirasida Urgut EIZ bo‘ylab yuqori sur’atlarda nihol ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Mavsumda ham Urgut EIZ direksiyasi xodimlari ham ushbu ezgu amallarda faol qatnashib, yangi yashil hududlar tashkil etmoqda.
O'zLiDeP Urgut tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Haydarov va Urgut EIZ qoshidagi O'zLiDeP boshlang‘ich tashkiloti raisi A.Madarovlarning tashabbusi bilan ko‘chat ekish jarayonlari qizg‘in davom etib, Urgut EIZning Sariqtepa massivi hududidagi soy bo‘yi muxofaza zonasining toshloq qismiga, 1 gektar yer maydonida 1000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jahongir Xo‘jamqulov,
O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring