Deputatlik eshituvi: “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
01.11.2022, 16:41

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Marg‘ilon shahar moliya bo‘limi rahbari A.Mastonovning Tashabbusli budjet natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, 2022 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy budjetning yillik xarajatlarning 5 foizi budjetning fuqaro tashabbuslari jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilangan. Shunga asosan Marg‘ilon shahar mahalliy budjetining 5 foizi ya’ni 10926,0 mln so‘m mablag‘ to‘liq tashabbusli budjet jamg‘armasiga yo‘naltirilgan. Ochiq budjetning 2-bosqichi uchun 5462,9 mln so‘m yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘ining 30 foizi, ya’ni 1011,0 mln so‘m va o‘tgan yil ochiq budjet jarg‘armasidagi qoldiq 208,8 mln so‘m, jami 6682,8 mln so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.
1-bosqichda jami fuqarolardan 180 ta 52220,0 mln so‘mlik takliflar tushgan. Mezonlarga asosan saralash natijasida 125 ta 28013,0 mln so‘mlik takliflar ovoz berish jarayoniga yo‘naltirilgan. Natijada 21 ta takliflar g‘olib deb topildi, bu takliflarga jami 36160 ta fuqarolar tomonidan ovoz berilgan.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolar bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring