Partiyaning kelajak kadrlari safi kengaymoqda
01.11.2022, 16:42

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yoshlar kelajak kadrlari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda partiya viloyat Kengashi tashkiliy, partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sh.Atajanov hamda Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari Urganch shahar kengashi kotibiyat mudiri Donyorbek Jumaniyazov, Zebo Tojiyeva, Azamat Matsapayevlar ishtirok qildilar.
Davra suhbatida bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yoshlarning qiziqishlari ilm, fan taraqqiyotida ularning ulushi va siyosiy jarayonlardagi yoshlarning faolligiga ahamiyat qaratildi. Shuningdek, partiya dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar ham berildi.
Tadbirda so‘z olgan yoshlar ham mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oliygohning talaba yoshlari partiyaga o‘z qiziqishini bildirib, partiya safiga kirish istagini bildirishdi. Bir guruh yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirilib, kadrlar zahirasiga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19
-
Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01
-
Yoshlar parlamenti saylovi eng chekka hududdagi yoshlarni ham qamrab olmoqda
01.02.2023, 18:57
-
Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53
-
“Yoshlar parlamenti” faol yoshlarning haqiqiy minbariga aylanadi
31.01.2023, 17:01
Fikringizni qoldiring