OʼzLiDePning “Yoshlar bilan” loyihasi: yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
02.11.2022, 14:32
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish borasida kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan bo‘lib, ijrosi bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar subsidiya ajratish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar toifasiga kiritilishi belgilandi.
OʼzLiDePning “Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, qabul qilingan hujjatlar ijrosi sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning mexanizmlari muhokama qilindi.
Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, tijorat banklar, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimizning “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga ipoteka krediti va subsidiya ajratish jarayonidagi byurokratiyani keskin qisqartirish hamda ushbu jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan bir qator vazifalar ijrosi tahlil qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Fikringizni qoldiring