Sharof Rashidov tumanida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

02.11.2022, 15:09

Sharof Rashidov tumanida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ayni paytda O’zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi tarkibida o‘z saflariga 7985 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 103 ta Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Quyi bo‘g‘in faollari keng jamoatchilik vakillariga partiya faoliyati to‘g‘risida axborot yetkazishda, Taraqqiyot strategiyasi hamda O’zLiDeP Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, quyi bo‘g‘in faollari joylarda ko‘pchilikni tashvishga solayotgan muammolarni partiyaviy vositalar bilan bartaraf etishda deputatlarimizga yaqindan ko‘makdosh bo‘lmoqdalar.

 Shu sabab, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, faollar hududda joylashgan korxona va muassasalar, mahalla va ta’lim maskanlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ular bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarda partiya safiga fidoiy, tajribali, dunyoqarashi keng yurtdoshlarimizni jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Jizzax “Suvoqava” DUK Sharof Rashidov tuman filialida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida ham bu hol yaqqol ko‘zga tashlandi. Deputatlar, partiya faollari va korxona xodimlari ishtirok etgan tadbirda bugungi kundagi dolzarb vazifalar, unda partiya faollarining o‘rni xususida fikr yuritildi.

Tadbir so‘ngida tashkilotda mehnat qilayotgan 50 nafar xodimlar O’zLiDeP safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomasi va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. Endilikda mazkur korxonada ham Akmal Ahmedov yetakchiligida yangi quyi bo‘g‘in o‘z faoliyatini boshladi.

G’anisher Avalboyev,

 O’zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    172
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+