O`zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitdi

02.11.2022, 15:12

O`zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli 50 nafar ishsiz xotin-qizlarni bepul kasb-hunarga o‘qitdi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida joylarda O`zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan davra suhbatlari, seminarlar, ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi hamda  Tadbirkor ayol assosatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida “O`zLiDeP - tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur mahorat darsi partiya faoli Sayyora Djurayeva rahbarlik qilib kelayotgan “JEMCUK Collegsion” MJChda o‘tkazildi.

Tadbirda 50 nafardan ortiq ayollar ishtirok etib, tadbirkorlik sohasidagi iqtisodiy va huquqiy bilimlarini kengaytirdi, xususan, ularda amaldagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida ishlash ko‘nikmalari shakllantirishga erishildi va kerakli ma’umotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, xotin-qizlar, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari bilan yaqindan tanishib, fikr almashdilar. 5 nafar ayolga 3 oylik o‘quv kursida bilimlarini oshirishlari uchun “Shaxnoza o‘quv markazi”ga yo‘llanma berildi va 8 nafar ayol mahorat darsida olgan bilimlari asosida o‘z tadbirkorligini boshladi.

Tadbir amaliy natijalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda o‘tkazilayotgan mahorat darslari joylarda davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+