"Qiziriq Textile"da O‘zLiDePning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi
02.11.2022, 16:10

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati kengash raisi Alisher Ro‘ziyev, Qiziriq tuman hokimi Rustam Pardayev hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birga “Shodlik” mahallasidagi "Qiziriq Textile" MChJning faoliyati bilan tanishishdi.
Mazkur korxona qiymati yiliga 4 mln. dona tayyor trikotaj kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, mahsulotlarning 40 foizi ichki bozorga sotiladi. 60 foizi esa eksport qilinadi. Tekstil korxonasida ikki smenada ish tashkil etilishi hisobiga 500 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishgan.
Tanishuv jarayonida mehmonlar korxona ishchilari bilan ham suhbatlashishdi. So‘ngra, partiya safiga qabul qilinish istagini bildirgan korxona ishchilariga a’zolik guvohnomalari berilib, korxona qoshida O‘zLiDePning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring