Tibbiyot texnikumining 11 nafar xodimi partiya safiga qo‘shildi

03.11.2022, 15:55

Tibbiyot texnikumining 11 nafar xodimi partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan partiya Do‘stlik tuman Kengashi bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida “Yangi O’zbekiston inson qadri ulug‘langan yurt”, deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari tuman KengashidagiO’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda texnikum o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda ta’kidlanganidek, 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturida aholi sog‘lig‘ini tiklash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, inson qadrini ulug‘lash deganda, ko‘plab mezonlar bilan bir qatorda, joylarda malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga imkoniyat yaratib berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sabab, so‘nggi yillarda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish doimiy e’tiborda.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir so‘ngida partiya a’zosi bo‘lish istagini bildirgan 11 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi.

Sirojiddan Ahmatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

 “Yoshlar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+