Deputat mahalladagi muammolarni o‘z nazoratiga oldi
03.11.2022, 15:57

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi eng dolzarb masalalarni hal etish maqsadida 15-Losha saylov okrugidan Buxoro viloyat Kengashiga saylangan deputat F.Aminov "Gulshanobod", "Xumin", "Dilobod-Zafarobod", "Novmetan", "Kunji qal’a", "Zarmanoq" MFYlar aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar va oldingi uchrashuvlarda qilingan murojaatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. uchrashuvda saylov chilar tomonidan bir qancha masalalar ko‘tarildi. Jumladan, mahalla ko‘chalaridagi 3 km masofadagi eskirgan suv quvurlarini yangilash, “Yuqori novmetan” qishlog‘ida yangi transformator o‘rnatish, Novmetan MFY binosini qayta qurish, Quyi novmetan qishlog‘idan Rabot qishlog‘igacha bo‘lgan 1 km masofadagi yo‘lni ta’mirlash masalalari o‘rganildi.
Bunday uchrashuvlar aholining yashash tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kamchilik va muammolarini mutasaddi korxona va tashkilotlarning rahbarlariga yuboriladigan deputatlik so‘rovlari orqali hal etish imkonini beradi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabulida 16 nafar fuqaroning murojaati hal qilindi
05.05.2023, 12:54
-
O`zLiDeP deputati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 100 nafarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
05.05.2023, 11:55
-
Deputat 14 nafar nogiron yoshlarni doimiy nazoratiga oldi
05.05.2023, 11:48
-
Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida
04.05.2023, 16:25
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
Fikringizni qoldiring