Mirishkorda tadbirkor ayollar ko‘paymoqda

03.11.2022, 16:13

Mirishkorda tadbirkor ayollar ko‘paymoqda

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Bunyodkor oila” loyihasi doirasida “Obodon” MFYda o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor ayol Sabo Shoqulovaning tikuvchilik sexida mahallada istiqomat qilayotgan ishsiz xotin-qizlar uchun amaliyot saboqlari tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari ishbilarmon ayolning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Joriy yilning iyul oyida ish boshlagan Sabo Shoqulova hozirga qadar 10 nafar xotin - qizlarni ish bilan ta’minlagan. Tikuvchilik sexida o‘ttizga yaqin mahsulotlar tayyorlanadi. Ayni paytda 15 nafar yosh qizlarga tikuvchilik, zardo‘zlik, kashtachilik sirlari o‘rgatilmoqda.

Qiziqarli musohaba tarzida o‘tgan anjuman so‘ngida ishtirokchilarga Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi, partiya dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

 O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+