Muzrabotlik fermer va hokim yordamchilarning murojaatlari tinglandi
03.11.2022, 16:41

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Muzrabot tumanidagi fermerlar, hokim yordamchilari uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda un ishlab chiqaruvchi zavod qurish uchun kredit rasmiylashtirish yo‘llari, artezian qudug‘i qazish, meva-sabzavotlarni saqlash uchun kichik sovutkichlar qurish bo‘yicha maslahat va yordam so‘raldi. Albatta, ularga javoban O‘zLiDeP lideri yaqindan yordam berilishini aytib o‘tdi.
— Muzrabot tumanida ham ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar yo‘q emas, — deydi Primqul Norqulov. — Ushbu muammoni hal etishning eng yaxshi yo‘li bu artezian quduqlarni qazishdir. Aholida bunga ehtiyoj bor, biroq artezian qudug‘ini qazish ishlarini to‘g‘ri amalga oshirish, mablag‘ masalasini hal qilish kerak. Bu bo‘yicha murojaat qildim va A.Xaitov bu borada o‘z tavsiyalarini berdi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Oilaviy tadbirkorlik davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda
02.02.2023, 15:20
-
Davlat dasturining bajarilishi: Hisobot hisobot uchun bo‘lmadi
02.02.2023, 11:57
-
Sirdaryo tumanida yaqinda ish boshlagan yangi korxona faoliyati bilan tanishildi
27.01.2023, 19:38
-
O’zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari
27.01.2023, 18:52
-
Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 12,7 mlrd dollarlik 12,6 mingta loyiha ishga tushirildi
27.01.2023, 18:26
Fikringizni qoldiring