“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar partiya kadrlar zaxirasiga tanlab olinmoqda

04.11.2022, 16:19

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida talaba yoshlar partiya kadrlar zaxirasiga tanlab olinmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakilillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Navoiy davlat pedagogika isntituti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda globallashuv sharoitida partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan davrda partiyaning tuman-shahar Kengashlariga ishga qabul qilish uchun siyosiy jihatdan faol hamda partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob bera oladigan, yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishda faol yosh mutaxassislarni aniqlash, yoshlarni huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, "Farovon oila" loyihasi doirasida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash,  kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlikni oldini olish, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash masalariga doir fikrlar bildirib o‘tildi.

Yakunda 12 nafar o‘qtuvchilar partiya safiga qabul qilinib, 5 nafar talaba “Yangi avlod kadrlari” zaxirasiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+