Jarqo‘rg‘onda murojaatlarni hal etish ko‘rsatkichlari nega pasaygan?

04.11.2022, 16:42

Jarqo‘rg‘onda murojaatlarni hal etish ko‘rsatkichlari nega pasaygan?

Bugungi axborotlashgan zamonda aholining murojaatlari uchun yagona onlayn platforma yaratilgan bo‘lib, unda kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda «mahallabay» monitoring va tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu orqali istagan kishi davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qila oladi. Demak, manba bor, ammo natija qanday? Murojaatlar bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish bilan bog‘liq jarayon qanday kechayapti?

O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi hamda deputatlar tomonidan hududdagi Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan davra suhbatida ayni shu mavzuga to‘xtalib o‘tildi. Unda Xalq qabulxonasi mudiri O’.Toshbayev va mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxasisi N.Karimovlar murojaatlarni mahallabay tizimda hal etilayotgani va shu kungacha qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Aytish kerakki, Jarqo‘rg‘on tumanidan virtual qabulxonalar, ya’ni «Ishonch telefonii», Veb-sayt, Prezident pochtasi hamda Jarqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida 9286 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 8895 tasi ko‘rib chiqilib, ularning natijalari platformaga kiritilgan. Murojaatlarning 3498 tasi, ya’ni 39,3 foizi ijobiy yechimini topgan xolos. 5397 ta, 60,7 foiz murojaatga huquqiy maslahat berish, tushuntirish orqali javob berilgan.

2021 yilning 9 oyligiga taqqoslaydigan bo‘lsak, Virtual qabulxonalar va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar 323 taga kamaygan bo‘lsa-da, ijobiy hal qilish darajasi 22,7 foizga tushib ketgan.

Albatta, xalqni rozi qilish uchun har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashuv kerak. Davra suhbatida bugun ana shu mas’uliyatni to‘la his qilishimiz lozimligi, murojaatlarni hal etishda mahallalardagi hokim yordamchilarining ko‘magiga tayanib, boshqa tashkilotlar bilan ham hamkorlikda ish olib borilishi kerakligi ta’kidlandi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+