Deputatlar Guliston shahridagi “World of techno” MChJda bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi

04.11.2022, 17:13

Deputatlar Guliston shahridagi “World of techno” MChJda bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Guliston shahridagi bir qator tadbirkorlik sub’ektlari, korxonalarda bo‘lib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Partiya yetakchisi uchrashuvlari davomida Guliston shahridagi “World of techno” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, korxona ishchi-xodimlari bilan muloqot qildi.

A. Xaitov muloqot jarayonida davlatimiz rahbari tomonidan yaqinda imzolangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berdi.

Muloqotda amaldagi Mehnat kodeksi bilan yangisi o‘rtasidagi farqli jihati, kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi. Xususan, amaldagi Mehnat kodeksida muddatli mehnat shartnomasini tuzish uchun faqat 3 ta asos mavjud. Yangi Mehnat kodeksida esa 19 ta asoslar keltirilmoqda. Ushbu asoslarning kengayishi biznes yuritish hamda jadal sur’atlarda o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga tezkor moslashish imkonini beradi.

Kodeksda yana bir muhim yangiliklardan biri ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tartibga soluvchi alohida bob mavjud bo‘lib, ushbu bobdagi normalarda homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni yoki ish haqi miqdorini kamaytirishni taqiqlash, ikki yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan birini (vasiyni) boshqa ishga o‘tkazish, homilador ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga to‘liqsiz ish vaqti belgilash borasidagi huquq va imkoniyatlar belgilanmoqda.

Spiker o‘rinbosari va deputatlar mazkur korxona faoliyatini ham o‘rganishdi. Mazkur korxona “MMX-PRO” brend ostida yiliga qiymati 45 milliard so‘mlik 30 million dona polipropilen qop tayyorlash quvvatiga ega. Loyihani amaliyotga joriy etish uchun 3,1 million AQSh dollariga teng investitsiya yo‘naltirildi. Uning 1,7 million dollari «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki krediti hisobidan qoplandi.

Korxona mehnat jamoasi o‘z mahsulotlarining 60 foizini MDH davlatlariga eksport qiladi. Loyiha ishga tushishi natijasida 180 nafar yangi ish o‘rini yaratildi.

  • Ko'rildi
    526
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Beknazar Mirzaabdullayev A'zamjonovich2022-11-07 11:08:36

Янги иш жойлари хам яратилдими?


Fikringizni qoldiring

+