Dala do‘konlari mahsulotlari aholi uchun hamyonbop

07.11.2022, 12:03

Dala do‘konlari mahsulotlari aholi uchun hamyonbop

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Nishon tumanida bo‘lib, fermer dalasi yonida tashkil qilingan dala do‘konlari, aholi tomorqalarini ko‘zdan kechirdi.

Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan o‘tkazilgan suhbatda kartoshka va boshqa meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishdagi muammolar, ularning yechimlari va ushbu mahsulotlarni “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga hamyonbop narxlarda yetkazish borasida fikr almashildi. Respublikaning barcha hududlaridagi dehqon bozorlarida hech qanday to‘siqlarsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini erkin sotish uchun ularga kafolat berilishi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, fermer va dehqon xo‘jaliklariga kengash va mutasaddi idoralar tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilib, yetishtirgan mahsulotlarini “yashil” yo‘laklar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hech qanday to‘siqlarsiz “Daladan-dasturxongacha” tamoyili asosida iste’molchilarga yetkazib berilmoqda. Buning natijasida nafaqat fermer manfaat ko‘ryapti, balki aholi ham hamyonbop narxlardagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Partiya yetakchisi “Janub Mash’ali” mahallasida yashovchi dehqon xo‘jaligi rahbari Alisher To‘ychiyev xonadonida bo‘ldi. Uning amalga oshirilgan ishlari ko‘pchilikka katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirkor tomorqachi 90 sotix maydondagi issiqxonasida muntazam ravishda to‘qsonbosti ekinlaridan ismaloq, ko‘kat, rediska va sabzavotlardan bulg‘or qalampiri yetishtirib kelmoqda. 15 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minlagan. Issiqxonada sabzavot ko‘chati ham tayyorlanadi.  Yil davomida aholi tomorqalariga 400 ming dona pomidor va 400 ming tup bodring ko‘chatlari yetkazib beradi.

Bundan tashqari issiqxonada papaya dorivor o‘simligi, va sitrus mevalaridan limon, mandarin va apelsin yetishtirmoqda. Xonadonida chorvachilik va parrandachilik ham yo‘lga qo‘yilgan. Yillik daromadi 300-350 mln. so‘m, shundan sof foyda 150-200 mln so‘mni tashkil qiladi.

  • Ko'rildi
    532
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+