Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

07.11.2022, 17:52

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman hokimligida partiya faollari va hokimiyat ishchi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Akmal Mirzoyev hamda tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyev Mehnat kodeksining yangi o‘zgarishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tishdi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida qator yangiliklar kiritilmoqda. Xususan, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shartligi belgilanmoqda.

Shuningdek, ishga qabul qilish bosqichlari, jumladan, ishga kirish tartiblari belgilanmoqda, da’vogarlar orasidan malakaliroq ishchilarni tanlashda ish beruvchining imkoniyatlari kengaytirilmoqda, “qayta ishga joylashtirish” masalasi hal etilmoqda. Ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilgan. Xodimlarni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlarini kompensatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda.

Iqtisodiy sabablarga ko‘ra mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda. Xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asosi chiqarib tashlanmoqda.

Seminarda ishtirokchilarning ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+