Deputat saylovchilarning muammosini hal qildi
07.11.2022, 17:54

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Alisher Ro‘ziyev saylovchilarining muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida Uzun tumanidagi «Xatib Qahramon» mahallasida bo‘ldi. U yerda mahalla ahli bilan uchrashib, deputatlik so‘rovlari natijasida qilinayotgan amaliy ishlarni o‘rgandi.
Deputatning aholi bilan bundan oldingi uchrashuvlarida ichki ko‘chalarni sozlash, ichimlik suvi muammosini hal etish masalalari ko‘tarilgandi. Deputatning sa’y-harakati bilan mahalladagi ichki ko‘chalardan birining 1 km qismiga beton yotqizildi. Ichimlik suvi muammosini hal etish uchun esa yangi plastik quvurlar o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Uchrashuvda shuningdek, ayrim ko‘chalarga yangi elektr simyog‘ochlar qo‘yilishi, ichki ko‘chalar toshlanishi kerakligi aytildi. Ushbu masalalar yuzasidan ham deputatlik so‘rovi yuborilib, ijobiy hal etilishiga kelishib olindi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring