Qo‘qonda tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

07.11.2022, 17:57

Qo‘qonda tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘qon shahrida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Life Import” MChJ qo‘shma korxonasi ish boshladi. Bu yerda yiliga 100 million dona shprits, 30 million tibbiy infuzion sistemalar, shuningdek, 33,5 million dona tibbiyot maskalari hamda baxilalari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Korxonaning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Bahodirxo‘ja Temirov ishtirok etdilar.

O’zLiDeP Qo‘qon shahar Kengash deputati, tadbirkor Ahmadjon Haydarov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 5,5 million dollar bo‘lib, shundan 1 million dollari xitoylik sarmoyadorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasidir. Viloyat hokimligi ko‘magi bilan 1,8 million dollar bank krediti taqdim etildi. Ishlab chiqarish uchun Xitoydan eng zamonaviy dastgohlar olib kelib o‘rnatilgan.

Ikki smenada ish tashkil etiladigan korxonada 120 nafardan ziyod yoshlarning doimiy bandligi ta’minlanadi.

Ushbu korxonaning ishga tushirilishi bilan Farg‘ona viloyatidagi farmatsevtika va tibbiyot jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar soni 10 taga yetdi.

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+