Taxiatoshlik xotin-qizlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi

08.11.2022, 14:37

Taxiatoshlik xotin-qizlar uchun ko‘rgazmali seminar  tashkil qilindi

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, doimiy va qo‘shimcha daromad manbaiga ega qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hududlarda «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada "2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham aniq vazifalar belgilab berilgan.

O’zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tomonidan tumandagi "Jayxun” mahallasidagi ishsiz ayollarni jalb qilgan holda “Tomorqa - daromad manbai!” mavzusida  mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Bekbergenova, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari Z.Saparova  va tadbirkor X.Xaitovlar ishsiz ayollarga tomorqadan samarali  foydalanish, kichik issiqxonalar tashkil qilish va yaxshi daromadga ega bo‘lish bo‘yicha tushunchalar berildi.

- "Jayxun" mahallasidagi mazkur issiqxona 2017 yili tashkil qilingan edi, - deydi taxiyatoshlik tadbirkor Xayotxon Xaitov. Issiqxonamizda asosan bodring yetishtiriladi. 25 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Mahsulotlar qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinmoqda.

Taxiyatoshlik tadbirkorning kelgusi rejalari katta bo‘lib, "Bolalar diagnostika markazi" va "Milliy taomlar" umumiy ovqatlanish maskanini tashkil qilish, 30 nafargacha ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlashni niyat qilgan.

Seminar davomida tadbirkor o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda mahalla xotin-qizlariga issiqxonadan foydalanishning sir-asrorlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+