Deputat ehtiyojmand oilaning uy-joyini ta’mirlab bermoqda
08.11.2022, 14:39

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Naimxon Abduraximov har qanday masalada xalq bilan birga bo‘lib, saylovchilar ishonchini oqlashga, elektorat vakillariga yelkadosh bo‘lishga intilyapti.
Har doim saylovchilar ishonchini oqlashga harakat qiladigan O'zLiDeP vakili bu safar yana bir savob ishga qo‘l urdi.
Yaqinda partiyamiz vakiliga Pop tumani, Chodak qishlog‘i, "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan fuqaro Maloxat Asqarovaning turmush o‘rtog‘i og‘ir surunkali kasallik bilan chalingani va moddiy sharoiti yo‘qligi bois o‘zi yashab turgan uyini qayta ta’mirlab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat etgandi.
Deputat mazkur murojaat bo‘yicha darhol ishga kirishib, murojaatchining yashash xonadonini ta’mirlashga kirishdi. Bundan tashqari qo‘shimcha ikki xonali uy qurib berish ishlari amalga oshirilmoqda.
- Har doim qiyin vaziyatda o‘z yordamini ayamaydigan deputatimizga bo‘lgan hurmatim va minnatdorchiligim cheksiz, - deydi uy sohibasi Maloxat Asqarova.
Haqiqatdan ham har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini unutmasligimiz kerak. Zero, yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring