Deputat tashabbusi bilan 200 nafardan ziyod mahalla fuqarolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

08.11.2022, 14:40

Deputat tashabbusi bilan 200 nafardan ziyod mahalla fuqarolari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati A.Qodirov tashabusi bilan partiyaning Namangan viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” va tuman hokimi vakillari hamkorligida Pop tumanidagi “Marg‘izor” va “O’rta Marg‘izor” mahalasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda Namangan viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan tashrif buyurgan oliy toifali Endokrinolog, Terapevt, Genikolog, Urolog, Onkolog, Mamalog, UTT, UTT vrachi, Nevrpatalog, Kardilog, Pediatr, Otoloringolog va Revmatologlar ishtirokida 200 nafardan ziyod ushbu mahallalar fuqarolarini chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

O’tkazilgan ko‘rik davomida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi aholi orasida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha shifokorlar tomonidan dori darmonlar va kerakli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan mahala aholisi mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    163
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+