Kutubxonachilar partiya safiga qo‘shildi
08.11.2022, 15:02

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” hamda partiyaning Termiz shahar Kengashi vakillari "Eski shahar" mahallasida joylashgan viloyat Ko‘zi ojizlar kutubxonasida tadbir o‘tkazdi. Tadbirda kutubxona uslubiyat bo‘limi mudirasi, partiya faoli Muqaddas Norboyeva dastlab, kutubxona faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi ayni paytda 43646 ta kitob fondiga ega bo‘lib, shundan 11034 nusxasi Brayl alifbosi shriftida, 7258 tasi esa o‘ram, kaseta va plastinkalarga yozilgan. Elektron diskli adabiyotlar 1272 nusxani tashkil etadi. Kutubxonaning tumanlarda 13 ta filiali mavjud.
Hozirda ko‘zi ojizlar kutubxonalarida xizmat ko‘rsatishning eng samarali xizmat turi bo‘lgan oilaviy abonement, ovozli o‘qish, bibliobus usullaridan keng foydalanilmoqda. Bundan tashqari, kitobxonlar uchun ommaviy tadbirlar, yangi kitoblar ko‘rgazmalari, ijodiy uchrashuv kechalari tashkil qilinib, ularning kutubxona va kitobga bo‘lgan e’tibori oshirilib borilmoqda.
Kutubxona qoshida «Ziyo» kitobxonlar klubi ham tashkil etilgan. Shuningdek, filillarda «Gapiruvchi kitoblar» to‘garagi ko‘rish imkoniyati cheklangan va kutubxonalarga kelish imkoniyati bo‘lmagan kitobxonlar uchun ayni muddao bo‘lmoqda. Yana kutubxonada imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar va turli ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan foydalanuvchilar uchun maxsus “NVDA” hamda “JAWS” dasturidan foydalanish imkoniyati ham yaratilgan.
Tadbirda shuningdek, “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bir yo‘la ishtirokchilarga partiya maqsad-vazifalari ham tushuntirildi. So‘ng, partiya safiga kutubxona rahbari Xusan Islomqulov boshchiligida a’zolar qabul qilindi va ularga a’zolik guvohnomalari ham topshirildi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring